AsosiyJamiyat

O`zbekistonda barcha ish beruvchilar bajarishi majburiy bo`lgan yangi tartib

'O`zbekistonda barcha ish beruvchilar bajarishi majburiy bo`lgan yangi tartib'ning rasmi

Hukumat qarori bilan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro`yxatdan o`tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Nizomga ko`ra, mehnat munosabatlarini ro`yxatdan o`tkazishda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi («YaMMT» IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo`ysunishidan qat`i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

«YaMMT» IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.

Ish beruvchi va xodim o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro`yxatdan o`tkazish «YaMMT» IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma`lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, «YaMMT» IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:

  • mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib – xodim tomonidan;
  • xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan so`ng – ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Ma`lumot uchun: «YaMMT» IDAK Prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar