AsosiyJinoyat

Toshkentda taqiqlangan dorilarni sotgan dorixonalarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Toshkentda taqiqlangan dorilarni sotgan dorixonalarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Poytaxtdagi uchta dorixona egalari “Regapen” (pregabalin), shuningdek, boshqa kuchli dori-darmonlarni sotganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Jumladan, Yakkasaroy tumanida joylashgan “GULI-KAND-PLUS” dorixona xodimlari 23 yoshli Sherali N. va 29 yoshli K. Jasurlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi “kuchli va zaharli moddalarni noqonuniy aylanishi yoki sotilishiga yo`l qo`yish” bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ular bir yildan uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, Uchtepa tumanidagi “Besh plus mega farm” dorixonasi hamda Chilonzor tumanining 8-mavzeysida joylashgan “Fayz farm” da reydlar amalga oshirilgan. Birinchi dorixona xodimi, 31 yoshli Bobur R. va ikkinchi dorixona sotuvchisi Alibek Q. ham tegishli modda bo`yicha ayblanmoqda.

“Regapen” — pregabalindan ishlab chiqarilayotgan psixotrop modda bo`libasab kassaliklarini davolash uchun qo`llaniladi. Tarkibi bo`yicha "Regapen” boshqa kuchli dori-vositaga, “Lirika”ga o`xshaydi. Pregabalin hamda boshqa dori-vositalar tarkibiga: «Gabana», «Algerika», «Neogabin», «Linbag», «Ograniya», «Zonik», «Pregadol», «Galara»ga kiradi.

Boshqa yangiliklar