AsosiyJinoyat

Samarqandda 1,4 mlrd. so`m QQSni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganlar aniqlandi

'Samarqandda 1,4 mlrd. so`m QQSni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganlar aniqlandi'ning rasmi

Samarqandda o`zga fuqarolarning nomiga korxona tashkil etib, soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlash holati aniqlandi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz saytiga xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.N. va boshqalar fuqarolar J.P., S.I. hamda B.A.larning ishonchiga kirib, ularni Koreya Respublikasiga ishga yuborish bahonasi bilan fuqarolik pasportlarini qo`lga kiritib, ularning ta`sischiligida “N.C.” MChJni tashkil etib, 2019 yilning iyul-avgust oylarida 7,4 mlrd. so`m tovar aylanmasini amalga oshirib, tovar aylanmasini hisobotlarida kamaytirib ko`rsatish orqali 1,4 mlrd. so`m qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda “Paynet” xizmatidan tushgan 4,2 mlrd. so`m naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar