AsosiyJamiyat

“Yuqoridagilar” orqali er olib berish uchun 20 ming AQSh dollari talab qilindi

'“Yuqoridagilar” orqali er olib berish uchun 20 ming AQSh dollari talab qilindi'ning rasmi

Kosonsoyda er olib berish uchun 20 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.R.boshqa fuqaroni ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani, Yoshlik massividagi 0.50 ga. er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishlab chiqarishda foydalanish uchun ajratib berish hamda kelgusida bino inshootlar qurishda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSh dollari talab qilgani aniqlandi. 

Shundan 15.000 AQSh dollari va 48 mln. so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar