AsosiyJinoyat

Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Beruniy tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining yashirin savdosiga chek qo`yildi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro I.D. 1 dona gugurt qutisida bo`lgan geroin giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi. Surishtiruv davomida fuqaro I.O. ushbu zahri qotilni Yu.D. ismli shaxsdan qayta sotish maqsadida olganligi fosh bo`ldi.

Shuningdek, tekshiruv davomida ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari cho`ntaklarida ham geroin giyohvandlik moddasi borligi ham aniqlandi. O`tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko`ra, qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olingan giyohvandlik moddasining sof vazni 90,90 grammni tashkil etuvchi “geroin” ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar