Bojxona organi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda.
Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari IIV va DXX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida To`rtko`l tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.U. “J” ismli shaxsga daftar varag`iga o`ralgan og`irligi 8,42 gramm bo`lgan marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.
Ekspertiza hulosasiga ko`ra, fuqaro M.Uning yonidan olingan quritilgan xoldagi ushbu o`simlik maydalari tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinoid” mavjud bo`lgan, “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo`yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.