O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabussi bilan voyaga etmaganlarning huquqlari kafolatlariga oid qonunchilik takomillashtirildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Bosh prokurorning qonunchilik tashabussi huquqi asosida ishlab chiqilgan “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va ko`shimchalar qiritish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonunga asosan jinoyat prosessida voyaga etmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini ta`minlashning huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi.
Jumladan, jinoyat prosessida qonuniy vakilning majburiyatlariga o`zi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan o`tkaziladigan prosessual harakatlarda ishtirok etish majburiyati kiritildi hamda uning ishtirokisiz bolalarga nisbatan prosessual harakatlar o`tkazishning taqiqlanishi qayd etildi.
Guvoh yoki jabrlanuvchini so`roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o`tkazilishi, voyaga etmaganlarga nisbatan murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, kuchli og`riq berish bilan bog`liq usullardan majburiy foydalanishga faqat uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysining roziligi bilan amalga oshirilishi, guvoh so`roq qilinib bo`lgach, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozimligi haqidagi qoidalarning qo`llanilishi yoshi o`n oltidan o`n sakkkizga oshirildi.
Shuningdek, qonun hujjatlarida voyaga etmaganlar jinoyatlari to`g`risidagi ishlarda himoyachidan voz kechishga yo`l qo`yilmasligi belgilandi.
Bundan tashqari, Qonun bilan voyaga etmaganlarning qonuniy vakillik instituti kengaytirildi.
Xususan, voyaga etmaganlarning iltimosiga ko`ra, ularning qonuniy vakili bilan bir qatorda yaqin qarindoshlaridan biri yoki o`zi ishonadigan boshqa shaxs ishda qonuniy vakil sifatida ishtirok etishga yo`l qo`yilishi mumkinligi haqidagi qoidalar belgilandi.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan yangi normalar jinoyat prosessida ishtirok etuvchi voyaga etmaganlarning huquqlarini ta`minlashda muhim o`rin tutadi.