AsosiyJamiyat

Quruvchilarning aybi bilan yunusobodliklar issiqlik ta`minotisiz qoldi

'Quruvchilarning aybi bilan yunusobodliklar issiqlik ta`minotisiz qoldi'ning rasmi

Bugun, 9 dekabr kuni soat 19:20da Yunusobod tumani, 13 mavze, 47-uy yonida qurilish ishlari olib borilayotgan hududda quruvchi tashkilotning ehtiyotkorsizligi oqibatida  150 diametr kenglikdagi  issiqlik  quvuriga shikast etkazilgan.

Natijada Yunusobod tumanidagi 13 mavzeda joylashgan 13 ta ko`p qavatli (18, 20, 41, 43, 47, 48,  49, 50, 51, 52, 55, 65, 66,) uylarda issiqlik  energiyasi ta`minotida uzilish kuzatildi.

Hozirda mazkur tizimdagi avariyani bartaraf etish ishlari tashkil etilgan va qurilish ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotga belgilangan me`yorlarga amal qilmaganligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarda aytilishicha bugun soat 00:00da mazkur ko`p qavatli uylarda issiqlik ta`minoti to`liq ishga tushiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar