AsosiyJamiyat

Toshkentda 10 oyda 16 mingdan ortiq yangi tadbirkorlar paydo bo`ldi

'Toshkentda 10 oyda 16 mingdan ortiq yangi tadbirkorlar paydo bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrida joriy yilning o`tgan 10 oyida 16 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Yil yakuniga qadar yana 8 mingdan ziyod yangi tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev tadbirkorlarga murojaatida ma`lum qildi.

Faoliyatini to`xtatgan tadbirkorlarning 4 mingtasi o`z faoliyatini 10 oy ichida qayta tikladi.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami korxona va tashkilotlarning 88 foizi kichik tadbirkorlik sub`ektlari hisoblanadi. 

Toshkent shahrining har 1000 nafar aholisiga 27 ta kichik korxona to`g`ri kelmoqda va ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga etdi. 

Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 66 foizi kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar