AsosiyJamiyat

Toshkentda sanoat hududidagi maydonni noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

'Toshkentda sanoat hududidagi maydonni noqonuniy sotilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Sergelidagi Janubiy sanoat hududida joylashgan er maydonini firibgarlik yo`li bilan sotish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sergeli tumani, Janubiy sanoat hududidan “O.P.” MChJga investisiya jalb qilib, ish o`rinlarini yaratish majburiyatlari yuklangan holda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish uchun nol qiymatda ajratilgan umumiy maydoni 0.70 ga bo`lgan er uchastkasida jamiyat ta`sischisi X.N. va boshqalar hech qanday qurilish ishlarini olib bormasdan, balki firibgarlik yo`li bilan 
155 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, kelishilgan summadan 
10 000 AQSh dollarini fuqaro V.P.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.P.” MChJ ta`sischisi X.N. va boshqalar tomonidan olingan majburiyat bajarilmasdan er uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “O.P.” MChJ ta`sischisi X.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar