Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida erosti o`tish yo`lini barpo etish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan ta`mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi A.Donish ko`chasining Yangi shahar ko`chasidan Amir Temur ko`chasigacha bo`lgan qismidagi o`tish yo`li avtotransport harakati uchun yopiladi. Bu esa jamoat transporti — avtobuslar harakatiga ham ta`sir o`tkazadi.
Xususan, yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo`nalishlardagi avtobuslar yo`nalish harakatini A.Donish ko`chasidan Yangi shahar hamda A.Temur ko`chalari orqali davom ettiradi, deya xabar beradi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.