AsosiyJamiyat

Chiroqchida “paqildoq” paqillatgan o`quvchini jazolagan o`qituvchi ishdan haydaldi va jarimaga tortildi

'Chiroqchida “paqildoq” paqillatgan o`quvchini jazolagan o`qituvchi ishdan haydaldi va jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabda no`malum shaxs o`quvchiga kuch ishlatdi” sarlavhali videorolik joylashtirildi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi mazkur holat bo`yicha ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, mazkur voqea joriy yilning 7 dekabr kuni viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ishchi guruh a`zolari tomonidan o`rganildi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Aniqlanishicha, joriy yilning 23-noyabr kuni Chiroqchi tumanidagi Davlat 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining 6-sinf o`quvchisi A.Q maktab xovlisida hamda maktab binosida pirotexnika vositasidan foydalanib, atrofdagi o`quvchilarni qo`rqitgan va vahimaga tushishiga sabab bo`lgan. Shundan so`ng 6-sinf rahbari R.A o`quvchi A.Qning  cho`ntagida ikki quti pirotexnika vositasi bor ekanligini sinfdoshlaridan eshitadi va uni tushuntirish ishlari olib borish uchun o`qituvchilar xonasiga olib bormoqchi bo`ladi, o`quvchi bundan bosh tortadi. Shundan so`ng maktab o`qituvchisi J.H o`quvchi A.Qni o`quvchilar xonasiga olib borish maqsadida unga nisbatan qo`pol xarakat qilgan, maktabning ikkinchi qavatidan birinchi qavatga sudrab tushgan.

O`qituvchi J.Hga nisbatan Chiroqchi tumani Ma`muriy sudi tomonidan ish ochildi. 7 dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi Davlat 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabida viloyat xalq ta`limi boshqarmasi va tuman xalq ta`limi bo`limi vakillari, huquq tartibot organi xodimlari hamda ota-onalar ishtirokida ochiq sud bo`lib o`tdi. Sud hukmiga ko`ra o`qituvchi J.H O`zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddasiga asosan eng kam ish haqining 10(o`n) barobari miqdorida jarima belgilandi.

Chiroqchi tumani xalq ta`limi bo`limi mudirining 2019 yil 7 dekabrdagi 87-K sonli buyrug`iga ko`ra J.H bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 97-moddasi 1- bandiga asosan bekor qilindi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar