Toshkent metropoliteni vakillari Yunusobod yo`lini uzaytirish bo`yicha qurilish ishlari 2015 yilga rejalashtirilmaganini ma`lum qildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Ma`lumot berilishicha, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi Uz24 tahririyatiga yo`llagan rasmiy xatida qayd etishicha, hozirda yo`lkirani elektron usulda to`lash tizimini joriy etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Yangi tizim ishga tushirilishi bilan OAVga xabar beriladi.
Bundan avval poytaxtning Yunusobod tumanida shu nomdagi metro yo`lining qurilishi to`xtab qolgan qismlaridagi bunyodkorlik ishlari qaytadan boshlanishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.