1

Buyuk Britaniyaning jazoni ijro etish va probasiya tizimi o`rganildi

Jamiyat 10.12.2019, 12:37
Teglar: Buyuk Britaniya, delegasiyasi
Buyuk Britaniyaning jazoni ijro etish va probasiya tizimi o`rganildi

Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta`minlash, jazoni ijro etish va probasiya tizimi faoliyatini tashkil etish borasida Buyuk Britaniya tajribasini o`rganish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) kotibiyati vakillaridan iborat O`zbekiston delegasiyasining (jami 4 kishi) mazkur mamlakatga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif Xalqaro penal islohotlar (Penal Reform International) tashkiloti Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakilligi ko`magida tashkil etildi.

Tashrif davomida O`zbekiston delegasiyasi ishtirokida 8 ta rasmiy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Xalqaro penal islohotlar (PRI) tashkiloti Bosh ofisida ushbu tashkilot ijrochi direktori va bosh ofis vakillari bilan, Buyuk Britaniya Adliya vazirligida vazirlikning Probasiya xizmati va Jinoiy-ijroiya tizimi rahbariyati va vakillari bilan, Buyuk Britaniya Parlamentida Lordlar Palatasi a`zosi, Xalqaro penal islohotlar (PRI) tashkiloti Faxriy Prezidenti bilan uchrashuvlar o`tkazildi.

Shuningdek, O`zbekiston delegasiyasi Kent milliy probasiya xizmatiga (National Probation Service Kent), Ijtimoiy reabilitasiya markaziga (Community Rehabilitation Center), Bullingdon turmasiga tashrif buyurishdi va ushbu idoralar faoliyati bilan bevosita tanishtirildi.

O`tkazilgan barcha uchrashuvlarda tadbir qatnashchilariga O`zbekiston delegasiyasi vakillari tomonidan mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, jazoni ijro etish va probasiya tizimi faoliyatini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar natijalari batafsil tushuntirildi. Tadbir qatnashchilarining savollariga to`laqonli javoblar berildi.

Buyuk Britaniya Parlamentida o`tkazilgan uchrashuv yakunida O`zbekiston delegasiyasi vakillari – Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i o`rinbosari A.M.Saydaliev, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari S.A.Xamidullaev, Ichki ishlar vazirligi Probasiya xizmati boshlig`i o`rinbosari I.Yu.Fazilov Markaziy Osiyo davlatlarida penal islohotlar rivojiga qo`shgan hissasi uchun Xalqaro penal islohotlar (PRI) tashkiloti Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakilligining birinchi yubiley medali bilan taqdirlandi. Medallarni Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar Palatasi a`zosi, Xalqaro penal islohotlar (PRI) tashkiloti Faxriy Prezidenti Baronessa Viven Stern va tashkilotning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakilligi direktori A.S. Shambilov tantanali ravishda topshirdi.

Tashrif yakunlari bo`yicha Buyuk Britaniyaning ilg`or tajribasini inobatga olgan holda, milliy jazoni ijro etish va probasiya tizimi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar tayyorlanib, mutasaddi idoralarga o`rnatilgan tartibda kiritildi.

Sharhlar

Buyuk Britaniya 2025 yilda Polsha hududida Typhoon qiruvchi samolyotlarini joylashtiradi

24.04.2024, 20:06

Buyuk Britaniya 2025 yilda Polsha hududida Typhoon qiruvchi samolyotlarini joylashtiradi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan qo`shma matbuot...
Devid Kemeron O`zbekistonga kelmoqchi

22.04.2024, 17:11

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Tojikistonga keldi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif doirasida Kemeron Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon...
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Zelenskiyga va`da berdi

26.10.2022, 12:33

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birinchi telefon suhbatini o`tkazdi va u Kievni qo`llab-quvvatlashda davom etishga va`da berdi. Bu...
Buyuk Britaniyada "omikron" tufayli bir nechta sayyohlik kompaniyalari o`z faoliyatini to`xtatishi mumkin

18.01.2022, 23:03

Buyuk Britaniyaning minglab sayyohlik kompaniyalari pandemiya davrida mamlakatda qattiq va uzoq muddatga cho`zilgan cheklovlar tufayli faoliyatlarini to`xtatishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Qayd etilishicha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1