O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Baxtiyor Yakubov O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda «12news.uz».
Bungacha Yakubov 2002 yildan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori lavozimida ishlagan. U 1972 yilda Toshkent davlat universiteti roman-german fakultetini, 1977 yilda Toshkent davlat konservatoriyasini vokal sinfi bo`yicha tamomlagan. 1977—1990 yillarda Samarqand opera va balet teatrida opera yakkaxonidan teatr direktori lavozimlarigacha ishlagan. 1990—2002 yillarda esa Madaniyat ishlari vazirligi apparatida faoliyat yuritgan.
1999 yilda «Shuhrat» medali, 2014 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. 2009 yilda unga «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.