AsosiyJamiyat

Qatortolda “znak”dagi mashina haqida IIBga xabar berishdi, haydovchi endi jarima to`laydi

'Qatortolda “znak”dagi mashina haqida IIBga xabar berishdi, haydovchi endi jarima to`laydi'ning rasmi

10-dekabr kuni soat 10:16 da “IIBB: Aholi bilan muloqot” guruhida foydalanuvchilardan biri ulashgan suratda avtomobil yo`l chetida o`rnatilgan 3.27 (“To`xtash taqiqlangan”) belgisiga qaramasdan qoldiriliganligi aks etgan. Ushbu e`lon muallifi boshqa haydovchilarning huquqlarini behurmat qilgan qoidabuzarlar sababli tirbandlikda qolib ketib, ushbu muammo haqida IIBB xodimlariga xabar berishga qaror qildi.

U o`z murojaatida Qatortol ko`chasi (“Parus” KSM) juda torligini eslatib (hattoki bitta qoidabuzar ham harakatga xalal bera oladi) va u qayd etgan avtomobil haydovchisiga nisbatan chora ko`rishni so`rar edi.

Shu kunning o`zida soat 15:10 da Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari foydalanuvchi tomonidan qayd etilgan Lacetti (davlat raqami 01 Y 802 RA) haydovchisi 33 yoshli B.K.ga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirdilar. Haydovchi to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzganligi sababli unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq chora ko`riladi.

Hurmatli haydovchilar! Avtomobilingizni tor ko`chalar chetida qoldirib harakatlanayotgan transportlarga xalal qilasiz, ba`zi avtomobillar o`tib ketish uchun qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqib ketishga majbur bo`lishadi. Atrofdagilarni hurmat qiling, birovlar uchun noqulaylik tug`dirmang – avtomobilingizni belgilangan joylarda qoldiring, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar