2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Unga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalari quyidagicha:
✅Chakana savdo
Oziq-ovqat va boshqa tovarlarni sotish:
👉 Toshkent shahri – 750 000 so`m;
👉 Nukus shahri va viloyatlar markazi – 600 000 so`m;
👉 boshqa shaharlar – 300 000 so`m;
👉 boshqa aholi punktlarida – 200 000 so`m.
Dehqon bozorlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari sotish:
👉 Toshkent shahri – 250 000 so`m;
👉 Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so`m;
👉 boshqa shaharlar – 100 000 so`m;
👉 boshqa aholi punktlarida – 50 000 so`m.
Gazeta, jurnal va kitoblar sotish:
👉 Toshkent shahri – 250 000 so`m;
👉 Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so`m;
👉 boshqa shaharlar – 100 000 so`m;
👉 boshqa aholi punktlarida – 50 000 so`m.