AsosiyJamiyat

Pirotexnika vositalari bilan bog`liq 14 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Pirotexnika vositalari bilan bog`liq 14 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi  Departament organlari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o`tkazish kabi holatlar bo`yicha 14 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tahlillarga ko`ra, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalaga kiritish holatlari asosan, “Yangi yil bayrami” arafasida sodir etilmoqda. Ushbu jinoyat ishlari bo`yicha gumonlanuvchilardan jami 359,7 mln. so`mlik 281,2 ming dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Aksariyat pirotexnika buyumlari Xitoy davlatida ishlab chiqarilganligi sababli, O`zbekistonga qo`shni hududlar Tojikiston va Qirg`iziston davlatlaridan aylanma yo`llar orqali, noqonuniy ravishda kirib kelmoqda. 

Xususan, Departament organlari tomonidan aniqlangan ushbu jinoyat ishlarini hududlar kesimida tahlil qilib chiqilganda:

- Andijon va Toshkent viloyatlarida 1 tadan;

- Toshkent shahrida 4 ta;

- Farg`ona viloyatida 8 ta holatlar qayd etilgan.

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) Jinoyat kodeksining 2501-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

“Hurmatli fuqarolar, “Yangi yil bayrami” arafasida o`zingizni yoki yaqinlaringizning sog`lig`ini xavf-xatarga qo`yib, pirotexnika buyumlarini xarid qilmasligingizni, yoxud noqonuniy daromad orttirish maqsadida ularni muomalaga kiritayotgan shaxslardan saqlanishingizni so`rab qolamiz”, — deya ogohlantirmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar