AsosiyJamiyat

Qorli kunlar davom etadi

Ushbu hafta oxirida O`zbekistonda yana qor yog`ishi mumkin deya xabar qiladi daryo.uz O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma`lumotiga tayangan holda.

27−31 yanvarda respublika bo`yicha ba`zi joylarda tuman tushadi, avtomobil yo`llarida yaxmalak bo`ladi. 27−30 yanvarda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

28−29 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11−13° sovuq, kunduzi 0−2° sovuq bo`ladi. Respublikaning boshqa hududlarida ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat shimolda kechasi 15−20° sovuq, kunduzi 5−10° sovuq, janubda kechasi 5−10° sovuq, kunduzi 2° sovuq − 3° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 30 yanvarda ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. 30 yanvar−1 fevralda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba`i joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Namangan, Farg`ona va Andijon viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5−10° sovuq, kunduzi 0−10° iliq bo`ladi

 

    Boshqa yangiliklar