AsosiyJamiyat

E-ijro auksionlarida bugun jami 113 ta lot o`ynaladi

'E-ijro auksionlarida bugun jami 113 ta lot o`ynaladi'ning rasmi

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish Markazi bugun, 11 dekabr boshlangan onlayn-auksionlarda jami 113 ta lot o`ynaladi, onlayn savdoda ishtirok etish uchun 494 ta ariza kelib tushganligini ma`lum qildi.

Hozirda barcha lotlar uchun savdolar boshlangan. 74 ta er uchastkasi uchun onlayn-auksionlar bo`lib o`tadi.

Kecha 10 dekabr kuni E-ijro orqali boshlang`ich narxi 4,5 mln.so`m bo`lgan Cielo rusumli avtotransport vositasi 26,6 mln.so`mga sotildi. Savdolarda 105 nafar shaxs ishtirok etdi, shuningdek Namangan viloyatida joylashgan Milliy bank binosi 4,475 mlrd.so`mga, Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi boshlang`ich narxi 0,54 mln so`m bo`lgan maishiy xizmat ko`rsatish binosini qurish uchun mo`ljallangan er uchastkasi 294 mln.so`mga sotilgan.

Surxondaryo daryosining Termiz shahri Pattakesar MFY hududidan oqib o`tuvchi qismidagi boshlang`ich narxi 229,2 mln so`m bo`lgan uchastkasi narxi onlayn-auksionda 1,512 mlrd so`mga ko`tarildi. Auksion savdosi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar