Termiz shahridagi «Dark City» kafesi oldida tungi 01:30larda ko`ngilsiz voqea ro`y berdi. Bu haqda “Postda” xabar qildi.
Shahardagi 1-sonli o`rta maktabning 11-sinf o`quvchisi F.Q. va Jarqo`rg`on tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan Q.R. o`rtasida janjal kelib chiqdi. Janjal paytida F.Q. mast holda Q.R.ning qorniga pichoq sanchib oldi. Jabrlanuvchining akasi, 1991 yilda tug`ilgan K.R. esa bunga javoban F.Q.ning yuz va bosh qismiga urib, jarohat etkazdi.
Natijada Q.R. va F. Q. shifoxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan F. Q. va K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.