1

O`zbekistonda ikkita pullik tonnel quriladi

Jamiyat 11.12.2019, 11:15
O`zbekistonda ikkita pullik tonnel quriladi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Yo`l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

2020-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo`llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ga ko`ra, “Qamchiq" dovonida yangi pullik tonnel qurish mo`ljallanmoqda.

Loyihani amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari - Jahon banki tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini o`rganib chiqish - 2020 yil mart, Jahon banki bilan kelishuv tuzish - 2020 yil aprel, DTIHni tayyorlash 2020 yil may, TIHni tayyorlash - 2020 yil oktyabr, loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish - 2020 yil noyabr, konsepsiya va TIHni tasdiqlash - 2020 yil dekabr, tender hujjatlarini tayyorlash - 2021 yil aprel, tanlov oldi saralash jarayoni - 2021 yil avgust, takliflarni qabul qilish jarayoni - 2021 yil noyabr, tender g`olibi bilan kelishuv imzolash - 2022 yil mart. Mas`ul ijrochilar - Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (G. Xoljigitov), Toshkent viloyati (R.Xolmatov), Namangan viloyati (X. Bozorov) hokimliklari.

Shuningdek, “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tonnel qurish ko`zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari - ETTB yoki boshqa konsalting kompaniyasi bilan kelishuv tuzish - 2020 yil yanvar, TIHni tayyorlash-2020 yil iyun, loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish - 2020 yil iyul, konsepsiya va TIHni tasdiqlash - 2020 yil sentyabr, tender hujjatlarini tayyorlash - 2020 yil oktyabr, tanlov oldi saralash jarayoni - 2020 yil dekabr, takliflarni qabul qilish jarayoni - 2021 yil fevral, tender g`olibi bilan kelishuv imzolash - 2021 yil may. Mas`ul ijrochilar - Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (G. Xoljigitov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (3. Mirzaev).

Bundan tashqari, Sirdaryo - Baxt shaharlarini aylanib o`tuvchi pullik avtomobil yo`lini qurish, Toshkent - Samarqand pullik avtomobil yo`lini qurish, Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo`lini qurish rejalashtirilmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1