AsosiyJinoyat

Qo`shnisini o`ldirgan o`zbekistonlik erkak Rossiyada 8 yilga qamaldi

'Qo`shnisini o`ldirgan o`zbekistonlik erkak Rossiyada 8 yilga qamaldi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida onalik huquqidan mahrum bo`lgan tanishining tarafini olmoqchi bo`lgan o`zbekistonlik 22 yoshli yigit 8 yilga qat`iy tartibli koloniyada qamoq jazosini o`tashga hukm qilindi. O`zbekistonlik Shamsiddin Nasriddinov tanishining o`g`lidan ajralishida aybni uning qo`shnilariga qo`ygan va ularga ortiqcha gapirib qo`ygani uchun dars bermoqchi bo`lgan, biroq bu qo`shnilardan birining o`limi bilan tugagan. Bu haqda «Fontanka.ru» xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Shamsiddin Nasriddinov 2018 yilning iyul oyida bir necha o`rtog`i bilan tanishining qo`shnilari uyiga kirgan va ularni do`pposlagan. Oqibatda qo`shnilardan biri musht, oyoq va yog`och bo`lagi bilan berilgan zarbalar oqibatida vafot etgan, ikkinchi qo`shnining esa qovurg`alari va barmoqlari singan.

Shamsiddinning ikki o`rtog`i — Rajabov va Qurbonov joriy yilning may oyida 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Aniqlanishicha, ularning tanishi bo`lgan ayol 2017 yilda mast holda o`zining bir yoshli o`g`lini molxonada uzoq vaqt yolg`iz qoldirib ketgan. Bolani uysiz kishilar ko`rib qolgan va u bolalar uyiga jo`natilgan.

Ona bolaning taqdiri bilan qiziqmagan. Shu vaqtga qadar ayol olti nafar farzand ko`rgan bo`lib, besh marta onalik huquqidan mahrum qilingan. U to`qqiz oylik axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan.

    Boshqa yangiliklar