AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi qanday hollarda sinfdagi o`quvchilar ikki guruhga bo`lib o`qitilishiga izoh berdi

'Xalq ta`limi vazirligi qanday hollarda sinfdagi o`quvchilar ikki guruhga bo`lib o`qitilishiga izoh berdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi qanday hollarda sinfdagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lib o`qitishga ruxsat berilishini ma`lum qildi.

Vazirlikning 2018 yil 27 iyuldagi 191-sonli buyrug`ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o`rta ta`lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv reja“ va mazkur tayanch o`quv reja tushuntirish xatining 20-bandida “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, malakali o`qituvchilar etarli bo`lgan quyidagi hollarda sinfdagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lib o`qitishga ruxsat beriladi: o`quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarining I-XI sinflarida chet tili, ta`lim o`zbek tilida bo`lmagan umumiy o`rta ta`lim maktablarining II-XI sinflarida o`zbek tili fani hamda ta`lim rus tilida bo`lmagan umumiy o`rta ta`lim maktablarining II-XI sinflarida rus tili fani ikki guruhga bo`linib o`tiladi.

Mazkur hujjatga ko`ra sinflarmalakali o`qituvchilar etarli bo`lgandagina ikkiga bo`linadi, o`qituvchi etarli bo`lmasa bo`linmaydi va ushbu sinflarda dars berayotgan o`qituvchiga qo`shimcha haq to`lanmaydi.

    Boshqa yangiliklar