AsosiyJamiyat

Paqildoq paqillamaydigan bo`ldi

'Paqildoq paqillamaydigan bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbiri davomida pirotexnika vositalarining yana bir noqonuniy savdosiga chek qo`yildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro N.S. Termiz shahrida 2500 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy pullamoqchi bo`lgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

Tezkor tadbir Denov tumanida davom ettirilib, tuman markazidagi bozor yonidagi avtomashinalar to`xtash joyida fuqaro N.R. 840 dona pirotexnika vositasini  sotmoqchi bo`lgan vaqtida qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar