AsosiyJamiyat

Tashkent City’da pishloq va pissa festivali bo`lib o`tadi

'Tashkent City’da pishloq va pissa festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

12, 13 va  14 dekabr kunlari Tashkent City bog`ida pishloq va pissa festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ko`p sonli ishlab chiqaruvchilar pishloqsevarlar uchun o`z mahsulotini, pissaning turli xillarini taqdim qiladilar. 14 dekabr kuni esa keluvchilar ulkan o`lchamdagi pissani tatib ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Festival davomida bog` mehmonlari poytaxtning eng yaxshimusiqachilarining chiqishlaridan, bolalar musiqiy jamoalari va QVZ jamoalarining tomoshalaridan bahramand bo`lishlari mumkin. 

Tadbir doirasida “kimyoviy shou”, turli tanlovlar va ko`ngilochar aksiyalar ham o`tkaziladi, archa oldida animatorlar bolalarga quvonch ulashadi. 

    Boshqa yangiliklar