Ayni paytda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2019 yildagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin qo`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida” gi Farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Farmon ijrosi yuzasidan jazo muddatini o`tayotgan 575 nafar shaxs afv etilgan. Shundan 361 nafari jazodan ozod etilgan, 214 nafarining o`talmagan jazo muddati ¼ qismiga qisqartirilgan.
Afv bilan ozod etilgan 257 nafar shaxsga pasportlari muddati tugagani va yaroqsiz bo`lgani bois biometrik pasportlar berildi.
Afv etilganlarning 361 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Shuningdek, “ijtimoiy ko`nikma markaz”lari tomonidan 419,8 mln. so`m miqdorida moddiy yordam ko`satildi.
Shuningdek, ta`kidlanishicha, 326 nafar mehnatsha layoqadli fuqaroning 315 naqari ishga, 10 nafari o`qishga joylashtirildi, deya xabar bermoqda matbuot anjumanidan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.