Kecha Shvesiyaning Stokgolm shahrida 2019 yil uchun xalqaro Nobel mukofoti sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Laureatlarga faxriy diplomlar va oltin medallarni shaxsan Shvesiya qiroli Karl XVI Gustavning o`zi taqdim etdi. U tantanada qirollik xonadonining boshqa a`zolari bilan ishtirok etgan.
Joriy yilda fiziologiya va tibbiyot yo`nalishidagi mukofot bilan amerikalik olimlar Uilyam Kelin va Gregg Semens hamda britaniyalik Piter Retklifflar taqdirlanishdi. Fizika sohasida oltin medal va diplomga kanadalik Jeyms Piblz, shveysariyalik olim Mishel Mayor va Dide Kelo munosib ko`rildi. Amerikalik Jon Gudinaf, britaniyalik Stenli Uittingem va yaponiyalik Akira Yosinolar kimyo sohasida xalqaro Nobel mukofoti sovrindorlari bo`ldi.
Tantanali marosimda adabiyot yo`nalishida ham xalqaro Nobel mukofoti sovrindorlarining nomi e`lon qilindi. Mukofotlar 2019 yil uchun avstriyalik yozuvchi Peter Xandka va 2018 yil uchun polshalik adiba Olga Tokarchukka nasib etdi. Iqtisodiyot bo`yicha Hindiston-Amerika tadqiqotchisi Abxijit Banerji, fransiyalik ayol Ester Dyuflo hamda amerikalik Maykl Kremerlar sovrindor bo`ldi.
Shu kuni Oslo ratushasi binosida tinchlik bo`yicha xalqaro Nobel mukofotining egasi ham e`lon qilindi. Bu yil tinchlik uchun eng ko`p kurashgan shaxs Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmed Ali bo`lib chiqdi.