Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro N.Sh. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi belgilangan tartibda inspeksion ko`rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, xorijiy davlatdan yurtimizdagi MChJ nomiga keltirilgan tovarlarda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 102,7 million so`mlik avto ehtiyot qismlar borligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






