Fuqarolarning 82 000 AQSh dollari hamda 6,5 mln. so`mini qo`lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Yu.A. va boshqalar o`zaro oldindan til biriktirib, 2 nafar fuqarolarni aldab, “B.B.” MChJga tegishli aksiyalarni olib berish evaziga 50 000 AQSh dollari, Yashnobod tumanidan uy-joy sotib olib berish uchun
27 000 AQSh dollari va 6,5 mln. so`mini hamda “Lacetti” avtomashinasi olib berish uchun yana 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yu.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






