Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida mudhish voqea ro`y berdi, deya xabar berdi “Postda”
Shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o`z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda mast holdagi D.X. hamda M.R.ning birga yashagan otasi, 1955 yilda tug`ilgan M.R. o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. O`zaro janjal paytida esa ayol M.R.ning bo`yin qismiga pichoq bilan urib, voqea joyida qochib ketadi.
M.R. voqea joyida dunyodan ko`z yumadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.