AsosiyJamiyat

Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

'Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi'ning rasmi

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.

F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3 nafar farzand ko`rishgan. Oilani asrash hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Farangiz ham shu xatoga yo`l qo`ydi. Shu sabab 2018 yil 10 iyuldagi fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sud buyrug`iga binoan, otalari bilan yashayotgan farzandlari uchun Farangiz aliment to`lashi lozimligi  belgilab qo`yildi.

Ijro ishi majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo`limiga qabul qilinib, ijro harakatlari olib borildi. 2019 yil 7 dekabr  kuni I.J. ga qarzdor F. Ya. dan voyaga etmagan 3 nafar farzandlari ta`minoti uchun ajratilgan aliment pullarini to`liq ya`ni 11 million 454 ming so`m undirilishi ta`minlandi.

Ammo, gap undirilgan pullarda emas, balki bu pullar 3 nafar bolaga onalik mehrini tortiq eta oladimi ? Ajrashmay turib, ota-onalarimiz avvalo farzandlari ruhiyati, ularning kelajagi haqida chuqurroq o`ylab ko`rishsa maqsadga muvofiqdir.

Halim Jamolov, MIB Buxoro shahar davlat ijrochisi

Boshqa yangiliklar