Xabaringiz bor, sal avval “darakchi.uz” sayti va “Darakchi” gazetasi orqali samarqandlik Farog`at Yo`ldoshevaning murojaati bo`yicha maqola e`lon qilingan edi.
Uxlab yotgan bolasi chavaqlab tashlangan samarqandlik onaning nolasi (video)
Ona 25 yoshli farzandi Aziz Amanovni uxlab yotgan joyida vahshiylarcha chavaqlab tashlagan to`rt yigitga nisbatan adolatli hukm asosida jazo berilishini so`ragan edi. Ayni paytda ushbu jinoyat yuzasidan faqat bir yigitning aybdor topilishini adolatsizlik deya baholagan ona, bo`lib o`tgan tergov jarayonlarining mutloqo noxolis olib borilganligini isbotlovchi talaygina dalillar borligini ma`lum qilgandi.
Xususan:
Aziz Amanov bir kishi tomonidan o`ldirilmagan. Buni quyidagi bir nechta dalillar ham isbotlashi mumkin:
Birinchidan, Aziz o`sha kuni 4 yigit bilan tortishgan, uyga qatib, Bunyodnikiga borganida ham ikkalasi mast yigitlarning Azizni qidirib ko`chada yurganini ko`rishgan;
Ikkinchidan, Aziz boks bilan shug`ullangan, shuning uchun ham uning birgina zarbasidan hushidan ketgan Sh.Mamaevning bir o`zi jabrdiydani shu darajada vahshiylarcha o`ldirishga kuchi etmaydi;
Uchinchidan, Azizning og`irligi 75 kg bo`lib, uni Sh,Mamaevning bitta o`zi ko`chaga olib chiqib keta olmaydi. Tergovchi Payariq tumani tibbiy ekspertizasi xulosasiga tayanib, Azizni ko`chaga o`zi yurib chiqqanligini bildirgan. Ammo, Samarqan viloyati ekspertizasi buni umuman tasdiqlamadi. Unga ko`ra, marhumning bo`yniga etkazilgan jarohat sabab, aurtasi yorilgan va bunday holatda odam shu zahotiyoq jon taslim qiladi. Buni esa, xovlida to`kilgan va sachragan juda ko`p miqlordagi qon izlari ham tasdiqlaydi.
To`rtinchidan, marhumni jasadi yo`lga olib chiqib qo`yilganda kelib qolgan mashina yorug`ida ularning ikki nafari qochib ketayotganligi yaqqol ko`ringan. Shuningdek, o`sha tomondagi dalada ekin sug`arayotgan Sheraliev Qaxramon ham oldidan yigitlarning yugurib o`tayotganini ko`radi.
Beshinchidan, jinoyatchilar dastavval Azizni o`ldirish uchun uning tog`asining hovlisiga borishadi va u erda turgan mashinasini ta`mir qilib bo`lmas darajada shikastlashadi. Mazkur holat ham bir kishi tomonidan qilinmaganligi yaqqol aks etgan bo`lsada, biroq tergov jarayonlarida marhumning mashinasi, undagi qo`l va oyoqlar izlari bo`yicha ekspertiza xulosasi olinmaydi.
Oltinchidan, Aziz yotgan yostiq tagidan chiqqan telefon, uning ustidagi uiyimlari tergov uchun olinib, marhumning onasiga qaytarib berilmadi. Holbuki, marhumning kiyimlarida bir nechta odamning qo`l izlari borligi isboti bor edi.
Ettinchidan, tergovga taqdim etilgan jinoyat uchun ishlatilgan pichoq daladan topib olingani aytilgan. Ammo, ekpertiza unda Azizning qoni yo`qligini isbotlagan.
Shuningdek, tegovdagi ma`lumotlarda Aziz Amanov tungi 12-30da emas, balki ko`chaga chiqqanidan so`ng 02-00larda o`lganini bildirilgan. Ammo, 02-30da voqea ustida tasodifan kelib qolgan vrach-hirurg tanani ushlab, allaqachon o`lganini aytgan. Shuningdek, chaqirilgan “tez yordam” 7 daqiqa ichida voqea joyiga etib keladi va marhumning tanasi sovib qolgani va hattoki, jasad qotib qolganinidan kelib chiqib, 2 soatlar oldin o`lgani haqida xulosa beradi.
Bundan tashqari, jinoyat joyidagi qonlarning tibbiy ekspertiza qilinishi natijasida 4-guruh qoni ham mavjudligi isbotlangan. Holbuki, Azizning qon guruhi 2, o`ldirgan Sh.Mamaevniki esa uchinchi bo`lgan. Tegovda bu ikki kon qo`shilib, to`rtinchi gruppani keltirib chikargani asossizlarcha keltirilgan.
Ona qo`lida isbot-dalili va ko`zida yoshi bilan qilgan nolasini O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi eshitdi. Shunga ko`ra, mazkur jinoyat ishi bo`yicha shikoyat arizasi Oliy sudda raislik qiluvchi sudya I.Muslimov boshchilid ko`rib chiqildi.
Mazkur sud ishida jurnalist Farida Egamberdieva ham ishtirok etdi.
Unda marhum Aziz Amanovning onasi Farog`at Yo`ldosheva mazkur jinoyat ishida olib borilgan tergov jarayonlari va sud hukmidan norozi ekanligini aytib, ishni qaytadan ko`rib chiqish uchun dastlabki instansiyaga qaytarishni, tergov ham qaytadan yuqoridagi fakt va dalillarni o`rgangan holda olib borilishini so`radi.
Mazkur talab sudlov hay`ati tomonidan qisman qanoatlantirilib, jinoyat ishi yangidan apellyasiya instasiyasiga ko`rish uchun yuborilishi haqida qaror qilindi.
Biz Farog`at Yo`ldosheva bilan gaplashdik, ayni paytda mazkur ish yuzasidan Toshkentda qayta tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdilar.
So`nggi va adolatli natijalar haqida yana xabar beramiz.