AsosiyJamiyat
10312

Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

'Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi'ning rasmi

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.

Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K. 1973 yilda tug`ilgan U.Q. bilan mast holda o`zaro janjallashib qoladi va natajada D.K. U.Q.ni ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazadi. U.Q. kasalxonaga yotqizilgan va D.K. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi IIV Matbuot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar