AsosiyJamiyat

Buxorodagi lisey yotoqxonasida bo`lgan janjalda 1-kurs o`quvchisi qattiq jarohatlandi

'Buxorodagi lisey yotoqxonasida bo`lgan janjalda 1-kurs o`quvchisi qattiq jarohatlandi'ning rasmi

Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi Akademik lisey yotoqxonasida o`quvchilar o`rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, joriy yilning 2 dekabr kuni soat 19:00da Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan fuqaro F.R. B.Naqshband ko`chasida joylashgan Akademik lisey yotoqxonasida o`zaro janjal oqibatida vaqtincha shu yotoqxonada yashovchi, 1-kurs o`quvchisi, 2003 yilda tug`ilgan D.N.ning qorin qismiga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. F.R. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar