AsosiyJamiyat
4227

Toshkentda “sehrgar”ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Toshkentda “sehrgar”ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Yolg`on ishlatib tilla va pullarni olgan "sehrgarga" nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Zilola A. murojaat qilgan. U o`z arizasida unga bir yigitni "isitib" berishni va`da qilgan 20 yoshli Valentina S.ga nisbatan chora ko`rishni so`radi. Valentina S. o`z "xizmatlari" uchun Ziloladan 450.000 so`m va umumiy qiymati 32.890.000 so`m bo`lgan tilla taqinchoqlar olgan. Ammo "sehrgar" o`z va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz firibgarlik qurboni bo`lgan bo`lsangiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling”, — deya ogohlantirmoqda IIBB

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar