AsosiyJamiyat

"Lazgi" Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ ro`yxatiga kiritildi

'"Lazgi" Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimovning Feysbukda xabar berishicha «Xorazm Lazgi raqsi» Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ ro`yxatiga O`zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida kiritilibdi.

Bu haqdagi qaror Kolumbiyanin Bogota shahrida 12 dekabr kuni YuNESKOning Nomoddiy merosni asrash hukumatlararo qo`mitasi majlisida qabul qilingan.

Endilikda O`zbekiston hukumati tomonidan ushbu ro`yxatga «Baxshichilik» san`ati va etnik sport turlarini kiritish uchun harakat boshlanibdi.

Bugungi kunga qadar YuNESKOning Insoniyat nomoddiy merosi reprezentativ ro`yxatiga «Boysun madaniy muhiti», «Navro`z bayrami», «Shashmaqom», «Katta ashula», «Askiya ijrochiligi», «Palov va osh bilan bog`liq an`ana va qadriyatlar» kabilar kiritilgan edi.

    Boshqa yangiliklar