1

Internetni “portlatgan” Jumanazar akaga ruhiy kasalliklar shifoxonasidan tashxis qo`yildi (video)

Jamiyat 13.12.2019, 17:33
Teglar: ruhiy kasal, Jumanazar
Internetni “portlatgan” Jumanazar akaga ruhiy kasalliklar shifoxonasidan tashxis qo`yildi (video)

Ijtimoiy tarmoqda "o`zga sayyoraliklar bilan uchrashgani" sabab mashhur bo`lib ketgan Jumanazar Rahmonovning Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi tomonidan tasdiqlangan kasallik diagnozi rasmi tarqaldi, deya xabar qilmoqda “sof.uz”

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko`ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof muhitdan qoniqmaslik, o`zining gallyusinator-fantastik vasvasa g`oyalari ta`sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o`ziing fikrlarida qat`iy turishi, ayni vaqtdagi gallyusinator-fantastik kiritmalari, o`zga olam, o`zga sayyora haqidagi qat`iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990 yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi "rekkurent shizofreniya, gallyusinator-fantastik vasvasa sindromi" tashxisini tasdiqlaydi. Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko`ra, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g`ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida.

Eslatib o`tamiz, oktyabr oyida o`zga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bo`lgani haqidagi xabar o`zbek internetini "portlatgandi". Jumanazar aka noma`lum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yo`llarini o`rganib kelganini da`vo qilgandi.

https://www.youtube.com/watch?time_continue=22&v=pj8k_bGfzvM&feature=emb_logo

Sharhlar

Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar erda yotgani tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

04.08.2022, 12:34

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ayrim bemorlar erda uxlashayotgani aks etgan video tarqaldi.Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati...
Quyichirchiqda ruhiy kasal bo`lgan shaxs birovning uyiga adashib kirdi va xonadon egasini o`ldirdi

26.11.2019, 18:30

Toshkennt viloyatida ruhiy kasal bo`lgan shaxs odam o`ldirgani aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. Keltirilishicha, 2019 yil 25 noyabr kuni soat 00:30larda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1