1

Otaning mas`uliyatsizligiga chek qo`yildi

Jamiyat 13.12.2019, 18:54
Teglar: lazgi, meros
Otaning mas`uliyatsizligiga chek qo`yildi

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor K.M.dan unduruvchi S.E. foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandi ta`minoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi yuritish qo`zg`atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan aliment majburiyati va qarzdorligini bilsa-da to`lashdan bo`yin tovlab yurgan qarzdor K.M.ga 07.08.2018 yilda tegishli tartibda qidiruv e`lon qilindi. Bu MIB "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Majburiy ijro Byurosining Yashnobod tuman bo`limi qidiruv bo`yicha xodimlarning sa`y-harakatlari bilan ma`suliyatsiz ota topildi va u Yashnobod tuman Ma`muriy sudining qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1