1

"Uzcard" bolalar uchun plastik kartalarni ishga tushirmoqda

Jamiyat 13.12.2019, 21:54
"Uzcard" bolalar uchun plastik kartalarni ishga tushirmoqda

"Uzcard" yangi mahsulot — bolalar va o`smirlar uchun "Uzcard kids" plastik kartalarini ishga tushirmoqda.

Ushbu mahsulot bolalarga naqd pulsiz to`lovlarni amalga oshirish, ota-onalarga esa o`z farzandlarining xarajatlarini onlayn rejimda nazorat qilish imkonini beradi. 

Shuningdek, "cho`ntak pullari"ning bunday shakli bolani pullarini yo`qotib qo`yish yoki o`g`irlatish xavfidan ehtiyot qiladi va ota-onalarga kutilmagan holatlarda mablag`larni o`z plastik kartalariga o`tkazish imkonini beradi.

Yangi "Uzcard kids" mahsuloti bilan bolani hozirdanoq o`z sarf-xarajatlarini boshqarishga o`rgatish mumkin. "Uzcard Kids"ning birinchi emitent-banki ATB "Kapitalbank" bo`ldi.

Keyinchalik emitent banklar soni ko`payib borishi ma`lum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1