1

O`zbekistonning Evro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a`zo bo`lishida boshqa davlatlar bosim o`tkazyaptimi?

Jamiyat 14.12.2019, 13:32
O`zbekistonning Evro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a`zo bo`lishida boshqa davlatlar bosim o`tkazyaptimi?

 

Tashqi ishlar vazirining 1-o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov Xalqaro Press-klubda bo`lib o`tgan matbuot suhbatida quyidagi savollarga o`z izohini berdi:

– O`zbekistonning Evro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a`zo bo`lishida boshqa davlatlar mamlakatimizga bosim o`tkazyaptimi? Bu a`zolik Sobiq Ittifoqning qayta tiklanishiga signalmi? EOIIga O`zbekittonning qo`shilishi g`arb mamlakatlarining bizga nisbatan munosabatini o`zgartirmaydimi? 

 

– Yo`q. Bunday shubhalar mutlaqo asossiz! Ko`pchilik buni bir yoqlama – siyosiy tomondan talqin qilyapti. Yoki ba`zilar “EOIIga qo`shilsak, biz suverenitetimizni yo`qotib qo`yamiz”, degan noto`g`ri xulosalarga kelishyapti. Birinchidan, bir davlatni biron tashkilotga qo`shilishdan oldin o`sha tashkilot u davlatning manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Yana boshqalar buni mamlakatimizga tazyiq deya qabul qilishyapti. Hech bir davlat boshqa mustaqil davlatni biror tashkilotga qo`shilishiga tazyiq o`tkazishga haqi yo`q. Ayniqsa, O`zbekistonni. Chunki O`zbekiston nafaqat markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda tarixiy, madaniy, iqtisodiy ijtimoiy saloxiyatli davlat. O`zbekistonga hech kimning tazyig`i o`tmaydi! 

Ikkinchidan, O`zbekiston tashqi siyosatini faqatgina milliy manfaatdan kelib chiqib olib boradi. Biz geografik jixatdan Markaziy Osiyoning markazida joylashganmiz. 7000 km.li chegaramiz barcha Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegaradosh. Shuning uchun mintaqada O`zbekistonning ishtirokisiz masalalarni hal etilishini tasavvur etib bo`lmaydi. Xozirda Ittifoqda 2 ta qo`shnimiz – Qozog`iston va Qirg`iziston a`zo. Qolaversa, tovar ayirboshlashda bizga katta bozor, maydon kerak. Bu maydon qaerda? Qozog`iston va Rossiyada. Ular bizning asosiy iqtisodiy hamkorlarimiz sanaladi. Shuning uchun biz bu Ittifoqqa qo`shilishdan manfaatdormiz. Evropa bozoriga ham biz Qozog`iston va Rossiya orqali chiqa olamiz. Hozirda esa boshi berk ko`chadamiz. Bizga transport kommunikasiyasi kerak. Buni inobatga olish kerak. Bundan tashqari, O`zbekiston aholisiga bir yilda 700 000 kishi qo`shilyapti. Bu o`z-o`zidan migrasiyani yuzaga keltiradi. Bizning bu yo`nalishdagi asosiy hamkorlarmiz esa Rossiya va Qozog`istondir. Bu jarayonlarni tanqid qilayotgan ekspertlarimiz yaxshilab tahlil qilishlari kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1