1

Oilaviy sharoiti og`irligi bois pasportini ololmagan 17 yoshli bola hokim va IIB boshlig`idan ko`mak so`radi

Jamiyat 15.12.2019, 09:41
Oilaviy sharoiti og`irligi bois pasportini ololmagan 17 yoshli bola hokim va IIB boshlig`idan ko`mak so`radi

Qashqadaryolik 17 yoshli bola oilaviy sharoiti og`irligi bois, fuqarolik pasportini o`z vaqtida ololmagan. Va viloyat hokimi Zoir Mirzaev va IIB boshlig`idan ko`mak so`radi, - deya xabar beradi “Qashqadaryo ziyokori” muxbiri.  

Aytilishicha, 17 yoshli bola Prezidentning Qashqadaryo viloyatidagi Halq qabulxonasida viloyati hokimi Zoir Mirzaev, IIB boshlig`i Shuhrat Sotvoldiev va viloyat sektor rahbarlari ishtirokidagi sayyor qabulda bo`lib, ahvoli og`irligi bois mas`ullardan ko`mak so`raydi.  

Mahmadumarov Ulug`bek Mahmadali o`g`lining shaxsiga oid hujjatlari o`rganib chiqilganda, uning otasi Tojikiston Respublikasi fuqarosi ekanligi, hozirgi kunda Tojikiston Respublikasi “Vaxsh” tumanida yashashi, onasi Mingbaeva Mahbuba Abdukadirovnaga esa fuqaroligi yo`q shaxs guvohnomasi rasmiylashtirib berilganligi, u onasi bilan Qarshi tumanining Otchopar qishlog`ida yashab kelayotganligi aniqlangan.

17 yoshli o`smir murojaati viloyat IIB boshlig`i, polkovnik Shuhrat Sotvoldiev tomonidan alohida nazoratga olinib, homiylik yordamida Mahmadumarov Ulug`bek Mahmadali o`g`liga shaxsini tasdiqlovchi xujjat rasmiylashtirib, pasport bilan birga badiiy kitob sovg`a qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1