Toshkent viloyatining Angren shahrida joriy yilning 7 dekabr kuni soat 00:30larda 3 nafar noma`lum shaxs Eski Toshkent ko`chasidagi yo`l chetida Namangan viloyatida yashovchi 1984 yilda tug`ilgan R.O.ni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, 735.000 so`m pulini tortib olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahar 31-dahada yashovchi 1998 yilda tug`ilganlar M.U., 5/1-“A” dahada yashovchi Sh.A. va Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida yashovchi S.S.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






