1

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari: O`zini hurmat qilgan odam 50 dollar tejash uchun 50 daraja sovuqda avtobusda xorijga ketmaydi

Jamiyat 15.12.2019, 13:26
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari: O`zini hurmat qilgan odam 50 dollar tejash uchun 50 daraja sovuqda avtobusda xorijga ketmaydi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Uzreport telekanalining «Tribuna» ko`rsatuvida yangi ish o`rinlari yaratish va xorijdagi mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish bo`yicha amalga oshirish haqidagi savollarga javob qaytardi.

«O`zbekiston mehnat resurslarini yaqin 20 yil ichida to`liq ta`minlay olmaydi. Bu haqda ochiqchasiga gapirish kerak. Dunyoda mehnat resurslari ish o`rinlaridan ko`proq mamlakatlar bor. O`zbekiston ham shunday davlatlardan biri. Ishga munosabatni o`zgartirishimiz zarur. Mehnat resurslarini eksport qilish kerak. Qo`shni mamlakatlardan qanday mehnat resurslariga talab kuchli ekanini o`rganib, mehnat muhojirlarini o`qitish va u erga joylashtirish lozim. Ularni ish bilan ta`minlash bilan bir qatorda huquqlarini ham himoya qilish haqida ham o`ylash kerak.

Parlament ushbu ishlarga jalb qilinishi lozim. Parlamentlararo uchrashuvlarda ushbu mamlakatlarda hayot kechirayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari muhokama qilinishi zarur.

Qayd etish zarur bo`lgan yana bir jihat, odamlarni o`zini hurmat qilishga o`rgatish. O`zini hurmat qilgan odam til biladigan davlatda ish qidiradi. Bunday odam 50 dollar tejash uchun havo harorati 50 daraja sovuq bo`lgan vaqtda yonib ketishi mumkin bo`lgan avtobusga chiqmaydi», - deydi Alisher Qodirov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1