1

Bu hafta ham qor yog`maydimi?

Jamiyat 16.12.2019, 09:00
Teglar: ob-havo
Bu hafta ham qor yog`maydimi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 17-20 dekabr kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 dekabrda 5-10 daraja sovuq, 18-20 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha ko`tariladi, kunduzi 17-19 dekabrda 3-8 daraja iliq, 20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 18 dekabrda 0-5 daraja iliq bo`ladi, kunduzi 17 va 20 dekabrda 5-10 daraja iliq, 18-19 dekabrda 3-8 daraja iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo, VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 17 va 20 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 va 20 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 18-19 dekabrda 0-5 daraja iliq bo`ladi, kunduzi 17 dekabrda 8-13 daraja iliq, 18-19 dekabrda 3-8 daraja iliq, 20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo`ladi.


QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 dekabrda 0-5 daraja iliq, 19 dekabrda
2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi, kunduzi 17 dekabrda 10-15 daraja iliq, 18-20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-18 dekabrda 0-5 daraja sovuq, 19-20 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 17 va 20 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 dekabrda 3-8 daraja sovuq, 18-20 dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 darajasovuq-3 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma`lum qilindi

27.04.2024, 21:09

"O`zgidromet" 29-30 aprel va 1 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s...
O`zbekistonda harorat 43 darajaga ko`tariladi

12.07.2022, 19:52

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13-16 iyul kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTIHavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi....
O`zbekistonda bayram va dam olish kunlari harorat iqlimiy me`yorlardan past bo`ladi — "O`zgidromet"

08.07.2022, 11:54

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bayram va dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.  Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo...
Bu hafta issiq chekinadimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havoni e`lon qildi

04.07.2022, 11:55

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1