AsosiyJamiyat
5141

Keyingi yildan boshlab maktablarda yangi fan o`qitiladi

'Keyingi yildan boshlab maktablarda yangi fan o`qitiladi'ning rasmi

 Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to`g`risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Hujjat loyihasiga qo`ra, umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg`usi”, “Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o`quv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 o`quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi:
ikki oy muddatda “Tarbiya” fani bo`yicha umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartini va o`quv dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlaydi;
2020-2021 o`quv yili uchun umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 1-9-sinflari uchun, 2021-2022 o`quv yili uchun 10-11-sinflariga mo`ljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va o`quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantiradi;
2020-2021 o`quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani joriy etilishi munosabati bilan foydalanish muddati tugamagan darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning qoplanishini inobatga olgan holda, darslik to`plamlarining ijara to`lovi miqdorlarini qayta ko`rib chiqadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar