1

“O`zbekiston havo yo`llari”ning bir nechta parvozlari tuman sababli kechikmoqda

Jamiyat 16.12.2019, 09:25
“O`zbekiston havo yo`llari”ning bir nechta parvozlari tuman sababli kechikmoqda

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi ob-havo sharoitlari yomonlashgani sababli (tuman), bir nechta qatnovlar ushlanib qolinayotgani haqida ma`lum qildi.

Xususan, ko`rinish masofasi 50 metr bo`lganligi sababli Namangan aeroporti yopildi. HY-095 (Toshkent-Namangan) qatnovi soat 9:30 ga ko`chirildi.

HY-042 Samarqand-Toshkent qatnovi Toshkent aeroportida ko`rinish etarli darajada bo`lmaganligi sababli soat 09:30 ga ko`chirildi. Shu munosabat bilan HY-065 (Toshkent-Termiz) qatnovi soat 10:30 ga ko`chirildi.

HY-3620 Jidda-Toshkent reysi havo kemasining komandiri Toshkent aeroportida soat 07:17 da ko`rinish etarli darajada bo`lamaganligi sababli, samolyotni Buxoro aeroportiga qo`ndirishga qaror qildi. Hozirda samolyot Toshkentga uchishga tayyorlanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1