1

Maktabgacha ta`lim vazirligi ilk modul guruhlarini Olmazor tumanida ochdi (foto)

Jamiyat 16.12.2019, 09:47
Maktabgacha ta`lim vazirligi ilk modul guruhlarini Olmazor tumanida ochdi (foto)

Toshkentda Olamzor tumani maktabgacha ta`lim tashkiloti (MTT) hududida qurilgan birinchi modulli binoning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida Maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin va XXRning O`zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili janob Chjan Venchuan qatnashdi.

“O`zavtosanoat” va Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan modulli MTTlar namunalarining taqdimoti 2019 yil oktyabrida o`tkazilgandi va ikki oy o`tgach, loyiha hayotga tatbiq etildi. Birinchi blok Olmazor tuamnidagi 441- son MTTga o`rnatildi. U keng makonga ega, bolalar jihozlari, rivojlantiruvchi o`yinlar, o`yinchoqlar va o`quv materiallari bilan ta`minlangan to`rtta dengiz konteyneridan iborat.

Modulli maktabgacha tashkilotlar loyihasini ishlab chiqishda Rossiya, Shvesiya va Koreya ilg`or tajribalari o`rganildi. Modullar ekologik toza, salomatlik uchun zararsiz materiallardan tayyorlangan va qo`shimcha issiqlik himoyasi bilan ta`minlangan, u har qanday iqlim sharoitida issiqlikni va salqinlikni saqlay oladi. Shuningdek, mutaxassislar xavfsizlik, tezkor evakuasiya hamda bolalar uchun qulay makonni yaratish masalalarini puxta ishlab chiqdilar. Binolar elektr, suv, havo almashtirish moslamasi, isitish va yong`inga qarshi tizimlar bilan ta`minlangan. To`liq kunlik guruhlar uchun engil, yig`ma krovatlar ko`zda tutilgan. 

“Joylarning etishmasligi modulli maktabgacha ta`lim tashkilotlarini joriy etishni taqozo qildi. Yangi MTTlar uzoq qurilishini, ulardagi joylar soni esa, qurilishga ajratilgan byudjet bilan chegaralanganligini hammamiz tushunamiz. Modulli binolar ikki oyda tayyorlanadi va o`rnatiladi, ularning narxi 70 foizga arzon. Bu esa, mavjud byudjet bilan MTV maktabgacha ta`lim bilan 70 foizga ko`proq bolalarni qamrab olishi mumkinligini anglatadi. Bugun mana shunday turdagi ilk guruh ochilayotgan “Qichqiriq” mahallasida MTTga joylashtirish uchun navbatda 914 nafar bola turibdi. Modulli inshoot tufayli, 120 nafar bola maktabgacha ta`limga jalb qilinadi”,- dedi maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin. 

Modulli binoda to`liq kunli ikkita guruh va ikki smenada ishlovchi qisqartirilgan kunli bitta guruh faoliyat yuritadi. Har bir guruhga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi biriktirilgan.

Modulli MTT qator boshqa afzalliklarga ham ega:

ular qo`shimcha konteyner qo`shish hisobiga kengaya oladi;

ixchamligi sababli har qanday infratuzilmaga moslashib keta oladi;

zarur hollarda demontaj qilinishi va boshqa joyga o`tkazilishi mumkin;

qurilishda zamonaviy materiallar qo`llanilgani sababli, qimmat kapital ta`mirlashni taqozo qilmaydi.

Hozirda modullarni Surxondaryo viloyatida (Sangardak posyolkasi), Toshkent viloyatida (Bo`stonliq tumani) va poytaxtning ayrim tumanlarida (Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug`bek tumanlari) tayyorlash va o`rnatish ishlari ketmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1