2019 yil 16 dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon viloyati Andijon tumani Jahonobod MFY hududida joylashgan Shodlik ishonch serviz MChJga tegishli gaz quyish shahobchasida “Nexia-2” rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo`lgan.
Hodisa oqibatida haydovchi X.K tan jarohati olgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.
Tekshiruv natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.






