AsosiyJamiyat

Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchini ishdan bo`shatmaslik uchun pul talab qildi

'Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchini ishdan bo`shatmaslik uchun pul talab qildi'ning rasmi

Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchidan pora talab qildi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda Angor tumani 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori O.X. o`qituvchi N.Y.ni ushbu maktabdan ishdan bo`shatmaslik evaziga ta`magirlik yo`li bilan 2 mln. so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan maktab direktori O.X.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar